Kachok bo'lish uchun qanday каша ейиш керак


Boy kishilar qanday fikrlashadi va qaysi e'tiqodlar farovonlik yo'lini to'sib qo'yadi? Qashshoqlikdan qanday boy odamga aylanish mumkin? Fikrlash usulini o'zgartirish uchun qanday kitob va videolarni o'rganish kerak?

Barcha qanday boy bo’lishni bilishni istaydi, lekin haqiqiy omadlilar sanoqli. Boylik juda kamchilikga nasib etadi. Pulsiz, hech qanday meroslarsiz boylikga erishish har qanday odamning ham qo’lidan kelavermaydi. Lekin, quvonarlisi shuki, harqanday odam o’z hayotini o’zgartirishga qodir! Va bu maqolamizda aynan shu haqda fikr yuritamiz, ya’ni boy bo’lish sirlari haqida.

  1. Muqaddima
  2. Boy odamlar qanday fikrlaydi – psixologiya asoslari
  3. Boylikning temir tamoyillari
  4. Qadam 1. Boy bo'lishga qaror qiling va o’z oldingizga maqsad qo’ying
  5. Qadam 2. O’zingizga murabbiy toping
  6. Qadam 3. Boy kishilarning odatlarini qabul qiling
  7. Qadam 4. Atrofingizdagilarni va turmush tarzingizni o'zgartiring
  8. Qadam 5 . Moliyaviy jihatdan savodli bo'ling
  9. Qadam 6. Sarmoya kiritishni boshlang
  10. Qadam 7. Shoshqaloqlik qilmang
  11. Hozirning o’zida boy bolishni qanday boshlash mumkin
  12. Boy bo’lishga yordam beruvchi kitob va videolar
  13. Xulosa

Muqaddima

Men bu masalada o'z qarashlarimni va butun umr yollanma ishchi bo’lib ishlamasdan o’z shaxsiy biznesni yo’lga qo’yish, moddiy baza yaratish va o’z orzuingizdagi hayotni yashash uchun nimalar qilish kerakligi to'g'risidagi o'z fikr mulohazalarimni sizlar bilan baham ko'rmoqchiman.

Eng muhimi shundaki, boylik va qashshoqlik insoniy fazilatlarga ega emas, buni tushunish lozim.

Boy odamlar qanday fikrlaydi – psixologiya asoslari

Keling oldin asosiy savolga javob berib olamiz, boylik nima degani va boy odam kim.

Buni har kim o’zicha tushunadi.

Kim uchundir boylik bu – o’zining dang’illama hovlisi, mashinasi va yiliga ikki uch marotaba yaxshi sanatoriyalarda dam olishi, a kimgadir million dollor oyiga kamlik qiladi.

Menimcha, boylikning asl manosiga amerikalik millioner va yozuvchi Robert Kiosaki to’g’ri tarif bergan. Uning fikricha:

Boylik – bu, ishlamasdan turib, o’zingiz uchun hayot tarzingizni a’lo darajada ushlab turish vaqt hajmi.

Boy odam – shaxsiy biznesiga ega va bu biznesda o’zi ishtirok etmasdan o’ziga yetarli darajada doimiy daromad oluvchi, pul uchun ishlamaslik imkoniyatiga ega odam. Ya’ni, uning mehnat kuchiga bog’liq bo’lmagan daromad.

Bundan kelib chiqadiki, boylik pul bilan o’lchanmaydi, balki VAQT bilan o’lchanadi. Har xil odamga har xil miqdorda pul kerak, lekin vaqt chegaralangan. Demak, vaqtni har qanday befoyda narsalarga sarflash yaramaydi. Aksariyat odamlarning ko’p vaqtlarini o’zlari sevmagan ishlar oladi. Vaholanki, boylikni his qilish uchun, yaxshi yashash uchun, tashqi muhitdan erkin bo’lishi uchun inson o’zi sevgan ish bilan shug’ullanishi kerak emasmi.

Endi e’tiboringizni quyidagi savollarga qarating:

  • Nima uchun bazi odamlar pul ishlay oladi, a bazilar esa yo’q?
  • Nima uchun bazilar arzimagan pul uchun ertalabdan kechgacha ishlashadi, a bazilar esa nafaqat ishlash, balki, o’zining sevimli ishi bilan shug’ullanib, dam olib, dunyo kezishga ham ulgurishadi?
  • Nima uchun bazilar pulni ko’paytirishga erishishadi, a bazilar esa oylikdan oylikgacha zo’rg’a kun kechirishadi?

Bu savollar ko’pchilikni qiziqtiradi, lekin ko’pchilik uchun esa bu tabiiy hol.

Lekin psixolog mutaxasistlar bu mavzuda umuman tabiiylik yo’qligini aytishadi.

Qashshoqlik va boylik – nafaqat omadning qanchaligida, balki dunyoqarash va fikrlash tarzi dahamdir.

Bu degani, siz fikringizni o’zgartirib darhol millioner bo’lasiz degani emas, lekin sizni shu yo’nalishda to’g’ri qadamlar qo’yishga yordam beradi. Bitta “MEN XOXLAYMAN” – albatta kamlik qiladi. Eng ishyoqmas odamlar ham boy bo’lishni istashadi. Nafaqat xoxlash, balki xohishingizni amaliyotda qo’llashga urinish ham lozim.

Ko’rib turganingizdek, boylikga erishishda har qanday urinish, fikrlashni o’zgartirishga majbur qiladi. Boy odamlardek fikr yuriting va siz albatta boy bo’lasiz. Amaliyotda degani nima degani? Fikrlash tarzingizni o’zgartirish oson emas va bu ham kamlik qiladi. Fikrlashni o’zgartirish bilan birga o’z xatti-harakatingizni ham o’zgartirishingiz kerak bo’ladi.

Boy va kambag’al odamning fikrlashi o’rtasida ancha farq bor. Keling, manashu farqni ifodalashga urinib ko’ramiz.

Boy va kambag’al odamlarning fikrlashlari o’rtasidagi 12 farq:

  1. Boy va badavlat odamlar, o’z taqdirlarini o’zgartiruvchilar aynan o’zlari ekanliklariga ishonadilar, ayni paytda kambag’al odamlar taqdirimizga shu yozilgan deb hisoblashadi. Bunday odamlar hayotini o’zgartirishga urinib ham ko’rmay, oqim bilan birga suzishni davom ettiradilar.

Maslahat: oqim bilan birga suzishni bas qiling – daryodan qirg’oqqa chiqish payti keldi!

  1. Boy odamlar daromadini ko’paytirish uchun ishlashadi, kambag’allar – uchini uchiga etirish uchun ishlashadi.
  2. Boy odamlar kamroq orzu qiladilar va ko'proq ish qilishadi, lekin ijobiy va aniq maqsadlar boy kishilar uchun begona emas.
  3. Boy odamlar doimo yangi g'oyalar va imkoniyatlar uchun ochiqdir, kambag'allar esa o’zlarining muammolari va atrof-muhit sharoitlari bilan bandlar.

Agar hayotingizning shartlaridan qoniqmasangiz — ularni o'zgartiring!

  1. Boylar muvaffaqiyatli kishilardan o'rganadilar, ularning xulq-atvorini qabul qiladilar va ular bilan muloqot qiladilar. Kambag'allar ko'pincha o’zlarining hurmatini oshirish uchun omadsiz va judayam kambag’al odamlar bilan muloqotda bo'lishadi.
  2. Boy va baxtli odam boshqalarning yutuqlariga hasad qilmaydi, boshqalarning yutuqlaridan foydali tajribalarni o'rganishga urinib ko'radi, kambag'allar boshqalarning omadlaridan g'azablanadilar.
  3. Boy odamlar o’zlariga ishonishadi va yutuqlari haqida ochiq gapiradi.
  4. Boylar vaqtinchalik qiyinchiliklardan qo'rqmaydi, qiyin vaziyatlarda vahima qo'zg'ashni afzal ko'rmaydi, balki bu muammoni hal qilishga urinishadi.
  5. Boylar daromadlarini o'z mehnatlarining natijasi sifatida ko’rishadi, kambag’allar esa ish uchun sarflangan soat sonini hisoblashadi.
  6. Boylar taktikani, strategiyani, hatto faoliyatning umumiy yo'nalishini va butun hayotini tez o'zgartirishi mumkin. Kambag'allar hayotidan shikoyat qilishadi lekin hayot sharoitidan kelib chiqqan yo’lda davom ettirishadi.
  7. Boy va muvaffaqiyatli odamlar butun umr rivojlanish va takomillashish bilan birga o’rganishda davom etadilar, kambag’al odam esa hamma narsaga aqlim etadi deb hisoblaydi, “shunchaki ularga omad kulib boqmagan”.
  8. Muvaffaqiyatli ishbilarmonlar hech qachon bir marrani egallab to’xtab qolmaydilar – ular rivojlanishda, takomillashishda, amalga oshmaydigan reja va orzularini hayotga tadbiq qilishda davom etadilar.

Eng asosiysi – boylar doimo o'zlari uchun ishlaydi. Agar ular firma yoki kompaniyaning egasi bo'lmasalar ham, ular doimo boshqalarning fikrlarini amalga oshirish o'rniga, mustaqil ravishda harakat qilish va o'z qarorlarini qabul qilishga imkon beruvchi pozitsiyani egallaydi.

Qayerdaligingiz muhim emas, qayerga qarab ketayotganligingiz muhim!

Boshqa birov uchun ishlayapman deb hisoblash – katta xato.

Har bir ishda mustaqil bo’ling, ayniqsa shaxsiy moliyaviy ishingizda. Boshqa birovlarning, sizning vaqtingiz va pulingizni boshqarishlariga yo’l qo’ymang.

Siz ushbu maqolani o’qiyotgan ekangiz, demak, siz moliyaviy mustaqillikga erishish uchun birinchi qadamlarni tashlagansiz.

Boylikning temir tamoyillari

Boylikning asosiy tamoyillari ko'p jihatdan fikrlashning o'ziga xos jihatlari bilan bog’liq. Muvaffaqiyatli va boy odamlarning xulq-atvorlari ko'rsatmalar emas, balki tavsiyalardir. Har bir badavlat kishi o’zi uchun boylikga erishish yo’lini biladi va bu yo’l boshqalarga to’g’ri kelmasligi ham mumkin. Biroq, deyarli barcha muvaffaqiyatli insonlar ko'pincha hayotiy vaziyatlarda sezgir yoki ongli ravishda bir xil xulq-atvorlardan foydalanadilar.

Boy odamlar hech qachon oddiy shaxslar muayyan vaziyatda qiladiganlari kabi, ko'r-ko'rona ko'pchilikning fikriga qo’shilib ketishavermaydi. Muvaffaqiyatli odamlar har doim qimmatbaho buyumga ega bo'lishadi — bu ularni muvaffaqiyatli qiladi. Boylarning sirlari aslida yuzada yotadi.

Boy odamning odatlari:

Boy kishilarning ko'pchiligiga xos bo'lgan ba'zi odatlarga e'tibor bering:

  1. Badavlat odamlar har doim bugun nima qilishlarini bilishadi. Millionerlar ishga borishmasa ham, o’zlarining kunlarini rejalashtirish maqsadida, moliyaviy ahvolini va vaqtni samarali rejalashtiruvchi har xil xizmatlardan foydalanishadi.
  2. Boylar keraksiz o'yin-kulgiga kamdan kam vaqt sarflaydi. Ular televizorni tomosha qilishmaydi, agar o'qiydigan bo’lishsa ham to’g’ri kelgan adabiyotlarni o’qishmaydi. Balki, o’zining ishini yanada takomillashtirishda yordam beruvchi kitoblarni o’qishadi.
  3. Boy odamlar o'zlarini to'la-to'kis ishga bag’ishlashga qodir.
  4. Muvaffaqiyatli odamlar o’zining atrofiga hamfikrlarni yig’ishadi – to’g’ri va omadli biznesmenlar, mustaqil va madaniyatli insonlar.
  5. Badavlat odamlar o’zlarining sog’ligi va eb ichishiga e’tibor berishadi; ular uchun o’zlarining ko’rinishi va o’zini qanday his qilishi muhim.
  6. Boy odamlar orzudagi baxtdan ko’ra ko’proq o’z kuchlariga ishonishadi; shuning uchun ham ular lotoreyani kamdan kam o’ynashadi.
  7. Qashshoqlikdan boy va omadli bo’lishga 7 qadam

Keling endi amaliyotga o’tamiz va bugundan boshlab boy bo’lishni boshlaymiz. Diqqat bilan quyida berilgan 7 ta boy bo’lish haqidagi malumotni o’qib chiqing! Bu malumotlar sizga qaysidair uzoq kelajakda boy bo’lishni emas, balki yaqin kelajakdagi, sizni omadga eltuvchi malumotlardir. Lekin, ogohlantiraman, bir hafta haqida ham gap ketmaydi. Haqiqiy, moddiy mustaqillikga erishish uchun yillab harakat qilish kerak.

Boy bo'lishni boshlash uchun ilk qadamlar:

Boy bo'lishga qaror qilishingiz bilan, siz boshqacha hayot tarzini hamda muayyan fikrlash uslubini tanlaysiz.

Bugundan boshlab siz, vaqtingizni quruq o’tkazmasligingiz kerak; har bir bosgan qadamingiz maqsadli bo’lishi kerak. Bu sizning hayotingiz qattiq mehnat qilishga aylandi degani emas, aksincha, hayotingiz bunyodkorlik va o’ziga xos xatti-harakatlarga to’la bo’ladi.

Boy va omadli bo’lishga qaror qilib, siz, keyingi hayot yo’lingizni tanlaysiz – endi sizda hayotdan nolishga va tevarak atrofingizdagi odamlardan sabab qidirishga vaqtingiz bo’lmaydi. Bugundan boshlab siz, o’zingizga suyanishga va o’z xatolaringizdan xulosa chiqarishingizga to’g’ri keladi.

Muvaffaqiyatli odamlar ko’proq shaxsiy maqsadlari to’g’risida fikr qilishadi. Shunday qilib ular maqsadga eltuvchi harakatda o’zlari ham ishtirok qilishadi, shu bilan birga maqsad ham asta sekin boy odamga qarab intila boshlaydi.

Boy odam nima haqda o’ylashini aniqlash uchun, milliarder va biznes sohasida trener Brayan Treysi shunday tajriba o’tkazdi va shuni aniqladiki, ular quyidagi ikkita narsa haqida o’ylashar ekan:

  1. Ular nimani xohlashyapdi (ya’ni, o’zlarining maqsadlari haqida)
  2. Bunga qanday erishish kerak (ya’ni, bu maqsadni amalga oshirish uchun nima qilish kerak).

Agar siz ham boy badavlat bo’lishni istasangiz bu ikki savolni o’zingizga tez-tez berib, takrorlab turishingiz kerak.

Bitta o’zingiz mustaqil ravishda maqsad sari borishingiz yaxshi albatta, lekin bu juda qiziqarsiz va ko’p vaqt talab etadi. Har bir sportchida treneri bo’ladi, siz ham shunga amal qilib, yaxshi trener toping.

Bilimdon odam sizga xato qilmaslikka va xatolarni kamaytirishga yordam beradi. Xato qilish ham foydali albatta, lekin xatoni ham ish boshlanishida kechirish mumkin, chunki oqibatlari ham kichik bo’ladi. Ish avjiga chiqqan paytda xato qilishning oqibatlari yaxshi bo’lmasligi mumkin.

Odatlar va boy odamlarning o’zini tutishi haqida biz yuqorida yozdik. Siz faqat bu maslahatlarga amal qiling. Tavsiyalarni o’zingizga yozib olib, hayotdagi voqea hodisalarda, o’rni kelganda hayotga tadbiq qilishingiz ham mumkin.

Masalan; bugundan boshlab televizor ko’rishni bas qiling, yoki kompyuterda o’yin o’ynamang. Vaqtingizni bilim olishga sarflashdan boshlang, lekin anavi maktabdagi yoki institutdagi bilimlarga emas, bu yerda gap, shaxsiy rivojlanish haqida ketyapdi.

O’qing, video ko’ring va Napalion Xill, Brayan Treysi, Robert Kiosaki, Vladimir Dovgan, Aleks Yanovskiy, Bodo Shefer, Entoni Robbins, Djim Ron, Robin Sharma, Donald Tramp kabi yozuvchi mualliflarni o’rganing.

Bugungi kunda boy bo’lishni boshlash, pul ishlashni boshlash uchun uyingizdan chiqishingiz ham shart emas (internet orqali).

Agar siz ‘bozor’da talab yuqori bo’lgan yangi bilimlarni professional darajada egallasangiz, nima qilish kerakligini bilsangiz, sizning yoshingiz ham muhim emas, muhimi bilimingizni amalda tadbiq qila olishingizda.

Atrofingizga qanday odamlarni yig;sangiz, siz o’zingiz ham shuday odamga aylanasiz. Muvaffaqiyatga erishgan va moliyaviy mustaqillikga erishgan odamlar bilan aloqa o’rnatishdan boshlang, suhbatdoshlaringizni o’zgartiring.

Menga do’sting kimligini ayt va men senga sening kimligingni aytaman.

Krizislar, qarzlar, hayotdan nolish, do’stlarga omadsizliklaringizdan gapirishni bas qiling.

Ko’proq suhbatda bo’ling: qanchalik do’stlaringiz ko’p bo’lsa, shunchalik moddiy va hayotiy omadliligingiz oshadi.

Har bir davlatda bo’lgani kabi, oilada ham moliyaviy reja bo’lishi kerak. Moliyaviy reja bo’lib, uni to’g’ri yuritish uchun, moliyaviy jihatdan savodli bo’lishingiz kerak.

Moliyalashtirish bo'yicha kitoblarni o'qib chiqing va shaxsiy moliyaviy rejani tuzing *.

Shaxsiy moliyaviy reja – sizning maqsadlaringizni o’z ichiga olgan, hayotingizning moliyaviy strategiyasi, masalan: katta miqdordagi xarajatlaringiz uchun mablag’ jamlash – uy, moshina va hokazo.

Shuningdek, moliyaviy rejaga sizning hozirgi moliyaviy ahvolingizni ham qo’shing: oylik ish haqi miqdori, kreditlar, qo’shimcha daromadlar va hokazo.

Shaxsiy hisob kitoblarni, korxona hisob kitoblarini yuritish uchun hozirgi kunda yuzlab dasturlar ishlab chiqilgan, shulardan birini tanlab doimiy yuriting. Bu esa sizni ortiqcha xizmat va xarajatdan ozod etadi. Dasturning o’zi barcha hisob kitoblaringizni qilib, sizga natijani ko’rsatib turadi.
Quyidagi dasturlardan o’zingizga yoqqanini tanlang va albatta shaxsiy hisob kitobingizni yuriting:

Agar sizda sarmoya kiritishga pulingiz bo’lmasa – VAQTINGIZ yaxshi sarmoya bo’la oladi. Qanday boy bo’lishni, qanday fikrlash kerakligini tushuntiruvchi bilimlarga vaqtingizni bag’ishlang. Shunday qilib birozdan keyin pul ishlashni o’rganib olasiz va shu tariqa kundan kunga bilimingiz oshib, kelajakda moliyaviy mustaqil bo’lishga erishasiz.

Boshlang’ich mablag’ni ishlab topganingizdan keyin, uni aql bilan ishlatishga harakat qiling – omadli loyihalarga sarmoya kiritishni boshlang, yaxshisi o’z loyihalaringizga. Kelajakga sarmoya kiritayotib hozirgi kunni unutib qo’ymang. Esingizda bo’lsin, qattiqlik, qitmirlik va o’z sog’ligingizga tejashlik yaxshimas.

“Barchasiga va tez” hozirning o’zida erishishga urinmang. Bugun, kirimga yarasha xarajat qilishni o’rganing, lekin, pul topish yo’lida o’zingizga, kattaroq topshiriqlarni qo’yishni unutmang.

Moliyaviy mustaqillik – oson ish emas, shuning uchun ham bunday omadga yer sharining 3% dan kam halqigina erishishadi.

Hozirning o’zida boy bolishni qanday boshlash mumkin

Maqolamiz uzun bo'lib ketganligi sababli bu haqda alohida maqola yozishga qaror qildim. Chunki, boy bo'lish uchun har kim o'zi uchun yo'lni o'zi tanlaydi. Shu sabab, bu mavzuni kengroq yoritdim, maqolani manabu yerdan o'qiysiz.

“60 daqiqa ichida qanday boy bo’lish mumkin” Robert Kiosaki videosi

Video qo’llanmada amerikalik ishbilarmon, investor va yozuvchi Robert Kiosakidan boy bo’lish haqida haqiqiy maslahatlar va tavsiyalarni ko’rishingiz mumkin. Video rus tiliga tarjima qilingan, agar ingliz tilida ko’rmoqchi bo’lsangiz internetdan qidirishingiz mumkin:

Moddiy mustaqillikga erishish haqidagi adabiyotlar kam emas. Lekin, bizning nazdimizda eng yaxshilari va qiziqarlilari quyidagilardir:

  1. - Robert Kiosaki “Boy Ota Kambag’al Ota” — Kiosakining bu kitobi dunyo bo’ylab 26 mlndan ortiq nusxada tarqab ketdi. Bu kitob, boy va omadli bo’lishni istaganlar uchun haqiqiy o’quv qo’llanma. Asar, har bir odamning onggida ishbilarmonlikni uyg’otishga yordam beradi.
  2. — Napalion Xill “O’yla va Boy bo’l” — Bu kitob, dunyo bo’ylab eng ko’p sotiladigan kitoblardan. Bu kitob nafaqat ishbilarmonlikga, balki, odamzod ishlaydigan har qanday sohada omadga erishish yo’lini o’rgatadi, xoh u sanat bo’lsin, yaratuvchanlik, o’rgatuvchilik bo’lsin.
  3. — Bodo shefer “Pul yoki Pul Alifbosi” — Bodo Shefer — omadli biznesmen, maruzachi, maslahatchi, yozuvchi. Bu yozuvchining “Pul yoki Pul Alifbosi” asari ko’plab kishilarga moliyaviy erkinlikka erishishga, o’z vaqtlarini boshqarish va ichki salohiyatlarini ro’yobga chiqarishni o’rganishga imkon berdi.

Xulosa

Ko’rib turganingizdek, boy bo’lish uchun boy oilada tug’ilish shart emas ekan. Moliyaviy mustaqillikni har qanday inson, etarli kuch, g’ayratini ishga solib, malum vaqt ichida egallashi mumkin.

Esingizda bo’lsin, barcha boy odamlar mustaqil fikrlash va o’zlarining shaxsiy qarorlarini qabul qilishga qodirdirlar. Eng asosiysi- hozirning o’zida, to’g’ri yo’nalishda harakatni boshlash, yaratuvchanlik va ijodiy fikrlashni boshlash.

Umid qilamizki, bizning ushbu maqolamiz nafaqat, qanday qilib boy bo'lishni, balki, o'z potentsialingizni hayotda to'g'ri tasarruf etishni o'rganishingizga yordam beradi. Sizga moliyaviy ishlarda muvaffaqiyatlar tilaymiz!

Maqola haqidagi fikr mulohazalaringizni izohlarda qoldiring, xato va kamchiliklari bo’lsa, muhokama qiling, savollaringizni bering, Siz, boy bo’lish haqida nimalarni bilasiz, shular haqida yozing va albatta blog yangiliklariga obuna bo’ling. Xayr keying maqolada ko’rishguncha!

Mushaklarni tez chiqarishni hohlayapsiz, lekin mashg’ulotlarni nimadan boshlashni va qanday ovqatlanishni bilmayapsizmi? Unda mushaklarni rivojlantirish uchun mashqlar dasturi sizga yordam beradi. Sizdan talab qilinadigani bu sabr va mehnatdir.


Qanday qilib mushaklarni tez chiqarish mumkin?

Mushaklar miqdorini 5-7 kilogrammga sifatli oshirishni orzu qilasizmi, unda maqolani oxirigacha o’qing? Quyida keltirilgan dastur sizga 6-8 hafta ichida sezilarli mushak massasiga erishish, mushaklarni rivojlantirish va sportiv tana tuzilishga ega bo’lishga tezda yordam beradi.

Dastur haftada uchta qisqa, ammo intensiv mashg’ulotlarni, shuningdek, ovqatlanishni ko’paytirishni nazarda tutadi. Unutmangki, aynan oziqlanish mushaklarni tez o’sishining eng muhim qismidir — qo’shimcha kaloriyalarsiz organizm jismonan mushaklarini rivojlantira olmaydi.

Mushaklarni chiqarish uchun mashqlar

Tavsiya etilagan dasturning asosida shtanga bilan qilinadigan beshta asosiy mashq mavjud bo’lib, ular tanadagi barcha asosiy mushaklarni ishlashga majbur qiladi. Bu nafaqat mushaklarni rivojlantirishga, balki keng yelkalarga va kuchli qo’llarga ega sport formasini yaratishga imkon beradi.

Dasturda, shuningdek, funktsional mashqlar (girya ko’tarish, brusda otjimaniya qilish, turnik tortinish va hokazo) mavjud bo’lib, ular nafaqat harakatlar koordinatsiyasini yaxshilaydi, balki qorin mushaklari va korpusga ta’sir qilib, mushaklarning umumiy simmetriyasini shakllantiradi.

Mashg’ulotlardan oldin va keyin ovqatlanish

Bo’sh qoringa kuchlanishli mashqlar mushaklarning chiqishiga putur yetkazadi — to’liq quvvatda shug’ullanish uchun tanaga energiya kerak. Yoki shug’ullanishdan 10-15 daqiqa oldin 15-20 gramm tez hazm bo’ladigan uglevodlar va 10-15 gramm oqsil iste’mol qilish, yoki jismoniy mashqlardan 1 — 1,5 soat oldin to’yib tushlik qilish kerak.

Mashqlardan keyin ovqatlanish, o’z navbatida, organizmni mushakni o’sishi va qayta tiklash uchun oziq-ovqatning kaloriyalaridan foydalanishga majbur qiladi. Mashg’ulotlardan so’ng bir portsiya protein (30-35 g) qabul qilish, 40-50 daqiqadan so’ng to’yimli va uglevodlarga boy ovqatlar bilan oziqlanish kerak.

Mashg’ulot qoidalari

Shtanga bilan bajaraladigan mashqlar texnikasi uchun alohida e’tibor bering — agar siz shug’ullanishni endi boshlagan bo’lsangiz, mashqlarni 5-8 marta emas, 10-12 martadan takrorlang, shuningdek murabbiy toping va sherigingiz bilan birga shug’ullaning, u sizni mashg’ulot qilayotganingizda kuzatib turadi va kerak bo’lsa yordamlashib yuboradi.

Mashqlarga yondashuvlar oralig’idagi vaqt kamida 90 soniya bo’lishi kerak, bu vaqt ichida siz xona bo’ylab yuring va yengil harakatlar qiling, bir joyda nafas rostlab o’tirish yaramaydi. Turli mashqlar oralig’idagi vaqt — taxminan 2 daqiqa. Takrorlashlar bu bitta mashqni orqama-orqa bajarish, masalan 10 marta o’tirib turish, yondashuv esa bir muncha dam olib, huddi o’sha mashqlarni yana bir bor takrorlash, masalan 10 marta o’tirib turdingiz, biroz dam olidngiz va yana 10 marta o’tirib turdingiz. Bu holatda 2 bor yondashuv bo’ldi.

Mushaklarni rivojlantirish bo’yicha mashg’ulotlar dasturi

Taklif etilayotgan mashg’ulotlar dasturida haftada uch marta mashqlar bajarish kerak. Masalan: birinchi haftaning dushanba va juma kunlari A mashqlar, chorshanba — B mashq; Ikkinchi hafta dushanba va juma — B mashqlar, chorshanba — A mashqlar.

  • Qizinib olish — 5-10 daqiqa kardio
  • Oldinga cho’zilgan qo’llar bilan o’tirib-turish — 15-20 marta takrorlash bilan 2 bor yondashuv
  • Shtanga bilan o’tirib-turish — 5-8 ta takrorlash bilan 3 bor yondashuv

Shtanga bilan o’tirib turish
  • Otjimanie — 15-20 ta takrorlash bilan 2 bor yondashuv

Otjimanie
  • Yotgan holatda shtanga ko’tarish — 5-8 ta takrorlash bilan 3 bor yondashuv

Yotgan holatda shtanga ko’tarish
  • Ikki qo’l bilan girya ko’tarish — ikki bor yondashuv, 15-20 ta takrorlash

Ikki qo’l bilan girya ko’tarish
  • Bitsepsni chiqarish uchun gantel ko’tarish — 10-12 ta takrorlash bilan 2 bor yondashuv

Bitsepsni chiqarish uchun gantel ko’tarish
  • Qorin mushaklarini chiqarish uchun press — 15-20 ta takrorlash bilan 2 bor yondashuv

Press
  • Qizinib olish — 5-10 daqiqa kardio
  • Oldinga cho’zilgan qo’llar bilan o’tirib-turish — 15-20 marta takrorlash bilan 2 bor yondashuv
  • Shtanga bilan o’tirib-turish — 5-8 ta takrorlash bilan 3 bor yondashuv
  • Tortinish — 7-10 ta takrorlash bilan 4 bor yondashuv
  • Tik holatda shtanga ko’tarish — 5-8 ta takrorlash bilan 3 bor yondashuv
  • O’tirib kamarga blok tortish — 15-20 martadan 2 bor yondashuv

O’tirib kamarga blok tortish
  • Kamarga shtanga tortish — 5-8 martadan 3 yondashuv

Kamarga shtanga tortish
  • Brusda otjimaniya qilish — 10-12 martadan 2 bor yondashuv
  • Qorin mushaklarini chiqarish uchun press — 15-20 ta takrorlash bilan 2 bor yondashuv

Qo’l mushaklarini tezda chiqarish

Yangi shug’ullanuvchilarning asosiy xatolaridan biri — bitseps va tritsepslar uchun ko’p sonli mashqlardan foydalanish. Yodda tuting, butun tana uchun kompleks mashqlarni bajarmasdan qo’l mushaklarini rivojlantirib bo’lmaydi — asosiy mashg’ulotlar sifatini oshirish bilan siz qo’l mushaklarini ham kattalashtirib borasiz.

Ushbu mashg’ulot dasturida qo’l mushaklarini samarali chiqarish uchun mashqlar ham mavjud — brusda otjimaniya qilish tritseps uchun, tortinish va gantel ko’tarish bitseps va bilak mushaklari uchun. Mashqlarni bajarishda o’rtacha og’irlikni qo’llash tavsiya etiladi, asosan texnikaga alohida e’tibor berish kerak.

Mushaklarni kattalashtirish uchun 4 asosiy qoida

  1. Mushaklar o’sishi uchun muntazam ravishda ortib boruvchi yuk talab etiladi — mashqlar davomida bir xil og’irlikdan foydalanib, mushaklar kattalashishiga erisha olmaysiz. Shuning uchun maxsus mashg’ulot kundaligida ishchi vaznlarni aniqlash muhim ahamiyatga ega.
  2. Yukni oshirish nafaqat og’irlikni, balki mushaklar va miya orasidagi bog’liqlikni ham rivojlantirishni anglatadi. Agar siz mashqlar davomida iroda bilan mushaklarni zo’riqtira olsangiz, bu og’ir mashqlardan foydalanmasdan mashq samaradorligini sezilarli darajada yaxshilaydi.
  3. Mashg’ulotlar natijasini ko’rish uchun oziqlanish muhim ahamiyatga ega. Mushaklar chiqishi va o’sishi uchun organizmga qo’shimcha kaloriyalar kerak — qo’shimcha ravishda kunlik me’yorning kamida 10-15%. Kerakli uglevodlarsiz vazn olish mumkin emasligini ham yodda saqlang.
  4. Mushaklar to’liq tiklanishi va o’sishi uchun organizm uyqu va dam olishga muhtoj — kuniga kamida 8 soat uxlashga harakat qiling. Bundan tashqari, dam olish kunlarida o’zingizni boshqa sport turlari (yugurish, suzish, futbol va hokazo) bilan zo’riqtirish qat’iyan tavsiya etilmaydi.

Mushaklarni chiqarish uchun fundamental maslahatlarga amal qilsangiz bas — ko’p bo’g’imli mashqlar qilish, harakatlar koordinatsiyasini yaxshilash uchun funktsional mashqlar qilish, shuningdek to’yib ovqatlanish, bu barchasi tezda mushaklarni oshirish kalitidir.

Ayol kishining nafaqat ichki dunyosi, balki tashqi qiyofasi ham go‘zal bo‘lishi kerak. Xunuk ayol bo‘lmaydi, shunchaki o‘ziga e’tiborsiz ayol bo‘ladi, degan gapda ham jon bor.


Foto: Getty Images

Go‘zallik faqatgina makiyaj qilish bilan o‘lchanmaydi, yuvilmagan sochlar, yomon ifor va betartib tirnoqlar ayol kishi haqida yetarlicha taassurot beradi. Tirnoq tartibli ko‘rinishi uchun aslida ortiqcha xarajat qilishning keragi yo‘q. Ozgina e’tibor va hafsala bo‘lsa bo‘lgani. Manikyur uzoq vaqtga yetishi uchun nima qilish kerak? Quyida ushbu savolga javob beramiz.

1. Tirnoq chetidagi teriga muntazam ravishda yog‘ surtib turing.


Foto: People Talk

Teri uchun foydalanadigan vositangiz tarkibini diqqat bilan o‘rganing, mineral yog‘ va kimyoviy komponentlarga boymi yoki yo‘​q ko‘​zdan kechiring. Aslida tirnoq chetidagi teri uchun mo‘ljallangan, shaftoli va atirgul bargining yog‘lari mavjud, lekin siz uyingizda bor boshqa bir kosmetik yog‘dan alternativ sifatida ham foydalanishingiz mumkin.

2. Haftada bir marta tirnoq chetida o‘sadigan terini maxsus manikyur tayoqchasi orqali tartiblab turing.


Foto: People Talk

Bu vaqtda ehtiyotkor bo‘lishga, teri va tirnoqni zararlamaslikka harakat qiling. Iloji bo‘lsa, dush qabul qilganingizdan keyin tozalang. Bu vaqtda teri yumshagani sabab tartibga keltirish oson bo‘ladi.

3. Mustaqil ravishda manikyur qilishdan avval, mutaxassisdan maslahat oling.


Foto: People Talk

Birinchi martada o‘zboshimchalik qilmang. Yuzingiz, teringiz singari tirnoqlaringiz ko‘rinishi uchun vaqt ajrating. Manikyurning qancha uzoq turishi, sizga va masterga bog‘liq. Ko‘pincha 3 haftada manikyurni yangilashga to‘g‘ri kelinadi.

4. Teringizni quyosh nuridan saqlang.


Foto: People Talk

Yozda quyosh nuri ta’sirida qo‘l terisining erta qarishini oldini olish maqsadida SPF vositalardan foydalanishni kanda qilmang. Ultrabinafsha nurlari teri salomatligi va ko‘rinishiga ta’sir qilishini yoddan chiqarmang.

3 KUNDA KACHOK BOLAMAN 09 03 2018

Semirish Uchun YANGI USULLARI SIRLARI UY SHAROITIDA ZARARSIZ

ПРОТЕИН ХАКИДА ТЕЗ КАЧОК БУЛИШ СИРИ

Kachok Bulish Sirlari

Uy Sharoitida GAVDA Uchun 5 10 Minutli Mashqlar Z BEK 10

Кучли Эркак Бўлиш Учун 100 Самарали Протеин Махсулотлари

БИР ХАФТАДА КАЧОК БУЛИШ АЙЮБХОНДАН ЯНГИ ПРОЕКТ

АЁЛЛАР КЎРМАСИН Эркак УРУҒини сифати пасайиши

Boy Bolish Uchun Nima Qilish Kerak Boy Bolish Siri Oson Shokhrukh Ismailov Instagramm

Bu Odatlar Sizni Millioner Qiladi Kamabag Allikdan Millionerlikga

Boy Bo Lish Sirlari Millioner Yo Li 5 Qoidasi

KATTA GAVDA Uchun Eng Kerakli Mashq Z BEK 8

ПРОТЕИН ВА СТЕРОИД ХАКИДА

Бой бўлиш сирлари Boy Boʻlish Sirlari

Go Zal Bo Lishni Istaysizmi Diqqat Bilan Eshiting

Omadli Insonlarning 14 Siri 1 Qism

БОЙ БУЛИШНИ ХОХЛАЙСИЗМИ

Xafa Bo Lish Yo Q 80 Son Habibullo Nizomov Va KATTA ODAM BILAN JANG 03 08 2019

СЕМИРИШНИ ТЕЗ ВА ОСОН УСУЛЛАРИ

БЛОГЕР БУЛИШ СИРЛАРИ УЗБООМТВ ДАРСТЛИК

Homiladorlik Tezroq Yuz Berish Uchun Nimalarga Etibor Berish Kerak

Birinchi Marta Fitnes Clubga Kelgan Bola

Bo Yni Qanday O Stirish Mumkin 5 Sm Xaftada Как увеличить рост

Tezda Homilador Bo Lish Usullari

151 O G IL FARZAND KO RISH UCHUN NIMALAR ISTE MOL QILISH KERAK

BOY BO LISH UCHUN O QISH SHART EMASMI

KACHOK BOLISH PAYTI KELDI

Milliarderdan Boylik Sirlari Qanday Qilib Boy Bo Lish

Boy Bo Lish Uchun Nimalar Qilish Kerak 100 Haqiqat 2019

Haqiqiy Boylik Sirlari Qanday Qilib Boy Bo Lish

Tez Xomilador Bo Lish Uchun 10 TA MAXSULOT

Kachok Prikol 2015

Boy Bo Lish Siri Boy Bo Lish Haqida Buni Bilishingiz Kerak

Kachok Ternirofka Super 2017

DOCTOR D JINSIY ALOQA VA XOMILADOR EKO BO LISH SIRLARI

Kachok Qiz Ekanmi

Kachok Bulish Sirlari

Sardor Toirov Toyda Xizmatda

Dostim Havolanib Ketma Ozingdan

Janer 64 Insta Кыз Жаны Ыр 2019

Қытайды Жылатқан Қазақтар

Фотир Сураси Fatir

Isoqjon Jo Raxonov Agar Ayol Bo Lsa Aqilli

Bazala Instrumental Mix

Marshmello Mashup Mr Brightside Vs Miss You Vs Together Vs Silence Vs Silence Crankdat Remix

Sharifjon Rasulov Sog Indim Шарифжон Расулов Согиндим

Фарход Саидов Жанон Уйкуда

Слив Все Испытания 2 Недели 8 Сезона Фортнайт Как Выполнить Все Испытания 2 Недели 8 Сезона

Brawl Stars Ost Menu

Live Freestyle Session

Sido Fühl Dich Frei

Deez Nuts Bout It

Хора Йоху Суьйренаш

Турецкие Песни Новая Невеста

Как Поёт Совеникс В Огненном Убежище

Gacha Life Песни

Shon Mc Ft Farik Гариб Бачаи Ошик 4

Gta 5 All Monkey Mosaics Go Go Monkey Blista Location Guide

القارئ عبد الواحد الهيشو الليلة الثامنة من تروايح رمضان 1439 مسجد طه الأمين بطنجة

Читайте также: